Eron, Isroil va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi urush butun mintaqaga to‘liq tarqalishidan oldin to‘xtatilishi kerak.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an Eronga qarshi davom etayotgan hujumlar, birinchi navbatda, energiya narxlarining tez o‘sishi tufayli global iqtisodiy barqarorlikka bevosita tahdid solayotganini ta’kidladi.
"Bu ta’sirni dunyoning barcha mamlakatlari his qilmoqda. Turkiya bunday qiyin paytlarda do‘st va birodar davlatlardan yuz o‘girmaydi", dedi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Anqara mojaroli tomonlar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini qayta tiklash bo‘yicha faol diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.
28 fevral kuni Qo‘shma Shtatlar va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiyalarni boshladi. Natijada Oliy rahbar Ali Xomeney va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Keyin Eron Isroilga va AQSh va uning ittifoqchilari harbiy bazalarni joylashtirgan Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi tanlangan nishonlarga zarba berishni boshladi.