Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni davom ettirishga va ular o‘rtasidagi aloqa kanallarini ochiq saqlashga harakat qiladi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.
"Biz tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni davom ettirish va ular o‘rtasidagi muloqot kanallarini ochiq saqlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz," - dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga Albaniyadan qaytgach, RF va Ukrainaning Istanbuldagi muzokaralari haqidagi savolga javob berar ekan.
"Bizning asosiy orzumiz - tinchlik muzokaralarining aniq natijasini olish," - deya Erdo‘g‘onning so‘zlarini keltiradi TRT Haber telekanali.