Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Erdo‘g‘on: "Turkiylar Turkiya va Iroq o‘rtasidagi munosabatlarda muhim omil hisoblanadi"

Erdo‘g‘on: "Turkiylar Turkiya va Iroq o‘rtasidagi munosabatlarda muhim omil hisoblanadi"

Turkiylar Turkiya va Iroq o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarining muhim elementidir.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqda Iroq Bosh vaziri lavozimiga nomzod Muhammad Ali az-Zeydi bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilgan. Suhbat tafsilotlari Turkiya Prezident ma’muriyati Aloqa boshqarmasining ijtimoiy tarmoq sahifasi joylashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, Turkiya rahbari Iroqda muvozanatli va barqaror hukumat tuzilishiga umid bildirdi.

Erdo‘g‘an Ali az-Zeydiga mamlakati Iroq bilan strategik va institusional hamkorlikka katta ahamiyat berishini va yangi davrda ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirishni maqsad qilganini yetkazdi.

Turkiya rahbari shuningdek, Anqaraning Bag‘dod bilan ko‘plab sohalarda, xususan, terrorizmga qarshi kurash, mudofaa sanoati, energetika va transport sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!