Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on Trampni Anqaradagi NATO sammitida ishtirok etishga ko‘ndirdi

Erdo‘g‘on Trampni Anqaradagi NATO sammitida ishtirok etishga ko‘ndirdi


Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Donald Tramp bilan yaqin munosabatlaridan foydalanib, uni Anqaradagi alyans sammitida ishtirok etishga ko‘ndirdi va NATO'da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizlikning oldini oldi, deb xabar bermoqda AP.

"Ko‘pchilik odamlar uchun bo‘lganida men bormasdim. Ammo u menga qo‘ng‘iroq qilib: Iltimos, bu Turkiyada bo‘lyapti. Siz u yerda bo‘lishingiz kerak. Qo‘shma Shtatlar u yerda ishtirok etishi shart.

Shu bois, prezident Erdo‘g‘onga bo‘lgan hurmatim tufayli u yerga boryapman", — degan edi Tramp o‘tgan hafta.

Agentlikning qayd etishicha, shu tariqa Turkiya prezidenti AQSh yetakchisining hurmatidan foydalanib, alyansda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan notinchlikni bartaraf etdi. Shuningdek, Trampning AQSh qo‘shinlarini Yevropadan olib chiqib ketish va NATO'dan chiqish haqidagi tahdidlari fonida uning tashrifi muhim ahamiyatga ega edi.

Ikkala yetakchi ham bir-birini do‘st deb ataydi. O‘tgan yili Gaagadagi alyans sammitida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Erdogan Tramp unga doimo tez qo‘ng‘iroq qilishini aytib bergandi.

Kiritildi: 21:28 03.07.2026. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!