Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Turkiya Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘on va Makron suhbati davomida Turkiya va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilingan.
Xususan, Prezident Erdo‘g‘an Suriyaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini saqlab qolish muhimligini ta’kidlab, Fransiyaning ushbu arab davlatidagi elchixonasi faoliyatini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaroridan mamnuniyat bildirdi.
Turkiya Prezidenti, shuningdek, suriyalik qochqinlarni vatanlariga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangani hamda suriyaliklar uchun barqaror yashash sharoitlarini yaratish va mamlakatni tiklash hamda qayta jonlantirish ishlarini amalga oshirish maqsadida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilish zarurligi haqida ma’lum qildi.