Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on Mahmud Abbos bilan G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Erdo‘g‘on Mahmud Abbos bilan G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi.

Telefon muloqoti chog‘ida tomonlar mintaqaviy va global muammolarni, shuningdek, G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildilar.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Falastin ovozi barcha xalqaro platformalarda yangrashi uchun harakat qilishda davom etadi.

Kiritildi: 20:52 29.03.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!