Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on: “Janubiy Kavkaz, Osiyo va Yevropa mamlakatlari Erondagi urushga tortilishi mumkin”

Erdo‘g‘on: “Janubiy Kavkaz, Osiyo va Yevropa mamlakatlari Erondagi urushga tortilishi mumkin”

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi Turkiya, Fors ko‘rfazi, Osiyo, Janubiy Kavkaz va Yevropaga tarqalishi mumkin.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatlar uchun tashkil etilgan iftorda ma’lum qildi.

U Turkiya boshqa davlatlarning bu mojaroga aralashishining oldini olish va mintaqada tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ta’kidladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya Eronning Ozarbayjonga qarshi dron hujumlarini qoraladi: "Biz Eronning mintaqadagi boshqa davlatlarga, birinchi navbatda Ozarbayjonga hujumlari xato ekanligini bir necha bor ta’kidlaganmiz".

Turkiya prezidenti AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi hozirgi urushning oqibatlari butun dunyoga ta’sir qilishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!