Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘an va Mers G‘azo masalasida kelisha olmadi

Erdo‘g‘an va Mers G‘azo masalasida kelisha olmadi

Germaniya kansleri HAMASni G‘azodagi vaziyat uchun asosiy javobgar deb hisoblamoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an va Germaniya kansleri Fridrix Mers o‘rtasida Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G‘azo inqirozi masalasi keskin bahs mavzusiga aylandi. Ikki davlat rahbarining qarashlari ziddiyati matbuot anjumanida oshkora namoyon bo‘ldi.

Germaniya kansleri Mers o‘z pozisiyasini aniq ifodalab, Berlinning Isroilni qo‘llab-quvvatlash siyosati o‘zgarmasligini ta’kidladi. U: "Isroil o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanmoqda. Agar HAMAS garovdagilarni ozod qilganida va qurolni tashlaganida, qurbonlar soni bu qadar ko‘p bo‘lmasdi", deb e’tiroz bildirdi.

Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an esa bu fikrga qat’iy qarshilik ko‘rsatib, "HAMAS yadroviy yoki og‘ir qurollarga ega emas. Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramay, G‘azoga zarba berishda davom etmoqda. Ular faqat hujum qilibgina qolmay, balki G‘azoni ochlik va genosid orqali bo‘ysundirishga harakat qilishmoqda", dedi.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Turkiya va Germaniyaning G‘azoning kelajagi bo‘yicha "birgalikda harakat qilishi"ga umid bildirdi. Mers esa Turkiyani HAMASga ta’sir ko‘rsatishga va tinchlik rejasining ikkinchi bosqichiga o‘tishga chaqirdi.

Erdo‘g‘an Turkiya vazirlariga HAMAS rahbarlari bilan muloqotni davom ettirish vazifasi yuklanganini ma’lum qildi, biroq buning batafsil tafsilotlarini ochiqlamadi.

Kiritildi: 21:00 31.10.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!