Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdo‘g‘an: Turkiyada terror va zo‘ravonlik davri tugadi

Erdo‘g‘an: Turkiyada terror va zo‘ravonlik davri tugadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 14 may kuni Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, mamlakatdagi terror, qurol va jinoyatlar bilan bog‘liq davr yakunlanganini e’lon qildi.

Bu bayonot Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) o‘z-o‘zini tugatishini va quroldan voz kechishini ma’lum qilganidan so‘ng yangradi. Erdo‘g‘an buni mamlakatda barqaror tinchlik va xavfsizlik sari yangi bosqich deb baholadi.

«Suriya va Yevropadagi PKK yacheykalari ham bu voqelikni anglab yetib, qurollarni tashlash jarayoniga qo‘shilishi juda muhim», — dedi Turkiya rahbari.

Kiritildi: 20:09 14.05.2025. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!