Turkiya terrorizmga qarshi kurash uchun ikki trillion dollar sarfladi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Bir yoshlik festivali” dasturida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi .
Terror natijasida Turkiyadagi birodarlikka zarba berilganini aytdi: "Hozir mamlakatimiz va millatimizni bu balodan butunlay qutqarish uchun juda nozik va qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz. Xudo xohlasa, maqsadimizga yetguncha to‘xtamaymiz. Terrorsiz Turkiyaga albatta yetamiz".
R.T.Erdog‘an, terror tashkiloti o‘zini yo‘q qilishini va qurollarini tashlab qo‘yishini e’lon qilgach, ba’zi ichki shaxslar xavotirga tushganini ta’kidladi.