Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an G‘azo bo‘yicha kelishuv uchun Trampga rahmat aytdi

Erdo‘g‘an G‘azo bo‘yicha kelishuv uchun Trampga rahmat aytdi

U Trampning siyosiy jasorati va diplomatik faolligini alohida e’tirof etgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil va HAMAS o‘rtasida erishilgan so‘nggi G‘azo sulh kelishuvidan mamnunligini bildirib, bu jarayonda muhim rol o‘ynagan AQSh Prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Trampning siyosiy jasorati, qat’iy pozisiyasi va diplomatik faolligi tinchlik muzokaralarini muvaffaqiyatli yakunlashga xizmat qilgan.

“Tramp janoblariga Isroil va Falastin o‘rtasidagi tarixiy murosa yo‘lida ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu kelishuv nafaqat G‘azo aholisi, balki butun Yaqin Sharq mintaqasi uchun umid eshigini ochdi”, — dedi Erdo‘g‘an Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Turkiya rahbari, shuningdek, Sharm el-Sheyxda o‘tgan muzokaralar orqali erishilgan kelishuvni “diplomatiya g‘alabasi” deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara kelishuv shartlarining to‘liq bajarilishini kuzatib boradi, zarur holatlarda xalqaro maydonda kuzatuvchi va vositachi sifatida qatnashishga tayyor.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyaning Falastin xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirishini bildirdi. Unga ko‘ra, sulh o‘rnatilishi nafaqat qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish, balki mintaqada uzoq muddatli tinchlik va ishonchni tiklash uchun yangi imkoniyatdir.

Kiritildi: 15:39 09.10.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!