Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Erdog‘an: XAMAS nafaqat G‘azoni, balki Turkiyani ham himoya qiladi

Erdog‘an: XAMAS nafaqat G‘azoni, balki Turkiyani ham himoya qiladi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Falastinning XAMAS harakati nafaqat G‘azo, balki Turkiyani ham himoya qilishini aytib, Isroil kengayishiga qarshi islomiy davlatlar koalisiyasini tuzishga chaqirdi.

– Mamlakatimizda va boshqa musulmon davlatlarida ko‘pchilik bu masalani o‘zi uchun muhim emas, deb hisoblaydi va qattiq yanglishadi, – dedi Erdog‘an. – Avval aytganimdek, Isroil shu ruhda davom etsa, Ramallohni bosib olgach, Isroil Livan va Suriyaga ko‘z tikadi. Shundan so‘ng bizning Dajla va Furot daryolari orasidagi hududlarni ham xohlashadi. Xarita oldida suratga tushib, bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirishadi. Shu nuqtai nazardan XAMAS nafaqat G‘azo yoki islomiy yerlar, balki Turkiyani ham himoya qilmoqda.

Kiritildi: 19:48 09.09.2024. O'qildi: 1791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!