Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Erdog‘an Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan flotiliyaga hujumini qoraladi

Erdog‘an Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan flotiliyaga hujumini qoraladi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Global Sumud Flotilla” flotiliyasiga qarshi Isroil harakatlarini keskin qoraladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishcha, Anqaradagi chiqishida Erdo‘g‘an flotiliya ishtirokchilarini “umid sayohatchilari” deb atab, xalqaro hamjamiyatni Isroilning harakatlariga qarshi chora ko‘rishga chaqirgan.

Flotiliya tashkilotchilari ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni Isroil kuchlari G‘azoga yo‘l olgan kamida ikki kemaga qarata o‘q uzgan. Jonli efirdan olingan videolarda askarlarning kemalar tomon o‘q uzgani aks etgan, ammo qanday turdagi qurol ishlatilgani aniq emas. Boshqa bir vakil esa jami olti kema o‘qqa tutilganini bildirgan.

Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Tashkilotchilarning aytishicha, Isroil harbiy-dengiz kuchlari Sharqiy O‘rta yer dengizida flotiliyaning 44 ta kemasini to‘xtatgan. Yana olti kema harakatni davom ettirmoqda.

Isroil armiyasi hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi esa avvalroq G‘azoga nisbatan “qonuniy dengiz blokadasi” buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan edi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning harakatlarini “qaroqchilik akti” va xalqaro huquqning buzilishi deb atadi. Anqaraga ko‘ra, flotiliya G‘azodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratish hamda yordam yetkazish maqsadida yo‘lga chiqqan.

Qayd etilishicha, “Global Sumud Flotilla” Turkiya janubidan uchinchi marta yo‘lga chiqqan bo‘lib, unda 39 davlatdan 426 kishi ishtirok etmoqda.

AQSh Moliya vazirligi esa flotiliya bilan bog‘liq to‘rt nafar shaxsga qarshi sanksiyalar joriy etganini ma’lum qildi. Vashington ularni “HAMAS tarafdori” deb baholagan.

Falastin tarafdori bo‘lgan faollar esa G‘azaga yetib borayotgan gumanitar yordam hajmi hali ham yetarli emasligini ta’kidlamoqda. G‘azoda 2 milliondan ortiq aholining katta qismi urush sababli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 21:01. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!