«Agar 1967 yilgi chegaralar asosida mustaqil va geografik jihatdan integrasiyalashgan Falastin davlati yaratilmasa, Isroil o‘zi xohlagan tinchlik va xavfsizlikka erishishi qiyin bo‘ladi. Falastin-Isroil muammosi bir marta va butunlay hal qilinmas ekan, Yaqin Sharqda mustahkam tinchlikka erishib bo‘lmaydi.
Biz Falastin davlati va Falastin xalqini xalqaro huquq asosida qonuniy huquqlarini qo‘lga kiritish uchun kurashida qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Kiprdagi kabi bu mintaqada ham yechim ikki davlatni tan olish va faollashtirishdir. Biz Quddus va Al-Aqsa masjidiga hurmat izlashda davom etamiz», dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.