Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Erdog‘an: "Iqlim inqirozida eng katta ulushga ega davlatlar undan eng kam zarar ko‘rmoqda"

Erdog‘an: "Iqlim inqirozida eng katta ulushga ega davlatlar undan eng kam zarar ko‘rmoqda"

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an iqlim o‘zgarishini urush va global pandemiya kabi butun insoniyatga tahdid soluvchi jiddiy muammo deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim inqirozining chuqurlashishida eng katta hissaga ega bo‘lgan mamlakatlar, ayni paytda, uning oqibatlaridan eng kam aziyat chekmoqda.

Shuningdek, Prezident "Chiqindisiz harakat" (Sıfır Atık Hareketi) tashabbusining muvaffaqiyatlariga to‘xtaldi. Ushbu harakat doirasida amalga oshirilgan loyihalar orqali Turkiya iqtisodiyotiga 365 milliard lira (taxminan 11 milliard dollar) hissa qo‘shilgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, dastur 2 trillion litr suv, 270 milliard kilovatt-soat energiya, 60 milliard litr neft va 390 million kub metr chiqindi poligonlari maydonini tejashga imkon bergan.

Kiritildi: 22:59 07.06.2026. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!