Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Falastin muammosi Yaqin Sharqdagi mojarolarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil okkupasiyasi va aholi punktlarining kengaytirilishi davom etar ekan, mintaqada tinchlik o‘rnatilishi mumkin emas.
Shuningdek, Turkiya prezidenti 1967 yilgi chegaralar doirasida mustaqil Falastin davlatini tuzish g‘oyasini yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.