Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Er yuzidagi eng xatarli orol haqida eshitganmisiz? U yerdagi ilon zahri inson tanasini eritib yuborishga qodir

Er yuzidagi eng xatarli orol haqida eshitganmisiz? U yerdagi ilon zahri inson tanasini eritib yuborishga qodir

Er yuzidagi eng xavf-xatarga boy orolni qanday tasavvur qilasiz? Siz u yerda dahshatli vulqonlar mavjud yoki bo‘lmasa kimsasiz cho‘ldan iborat deb o‘ylasangiz kerak. Biroq unday emas. Hech kim 2 soatdan ortiq yashay olmaydigan, tirik qolishning umuman imkoni yo‘q orol jannat makon o‘lkaga o‘xshaydi.   

Maydoni 1 kv. km. bo‘lgan unchalik katta bo‘lmagan orol, San–Pauludan (Braziliya) janubda joylashgan. Bu yerda qayiqlarni to‘xtatish va qirg‘oqqa chiqish, rasman Braziliya hukumati tomonidan taqiqlangan. Gap shundaki, bu yerda tirik qolishning umuman iloji yo‘q.

Orolda sayyoramizning eng zaharli ilonlaridan boshqa hech narsa yashamaydi. Bir necha asrlardan beri orol dahshatli mavjudotlar bilan g‘ij-g‘ij to‘la. Bu yerda 1 kv. m. maydonga 5 ta ilon to‘g‘ri keladi, ularning zahri inson tanasini eritib yuborishga qodir.

Bugungi kunda bu tarixda ilonlar insonlar yashash hududidan siqib chiqarib yuborgan yagona holat xisoblanadi.

Bir oila orolga kelib, yangi hayot boshlashga qaror qilganligi haqida ma’lumot bor. Biroq biroz vaqt o‘tgach, ular ham orolni tashlab qochishga majbur bo‘lishgan.

XIX asrda banan korporasiyalaridan biri orolda o‘z plantasiyasini barpo etishni rejalashtirgan. Ilonlar hujumiga qaramasdan odamlar bu yerda mayoq qurishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq mayoq qorovullarining uchtasi ham birin-ketin vafot etishgan. Boshqa hech kim orolga bosh suqmagan.    

Kiritildi: 06:00 08.08.2019. O'qildi: 5638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!