Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Er yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa qayerda yashaydi?

A A A
Er yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa qayerda yashaydi?

Janubiy Afrikada yer yuzidagi eng g‘amgin qurbaqa yashaydi, deb yozadi Esquire.

Bu dengiz sathidan ming metr balandlikdagi Kap tog‘larida uchraydigan tor og‘izli qurbaqa.

Ular boshqa qurbaqalardan farqli ravishda suv havzalaridan uzoqda, mustaqil ravishda hayot kechira oladi. Odatda ular belkuraksimon orqa panjalari yordamida o‘zlariga uya qaziydi.

Tor og‘izli qurbaqalar yuz ifodalari tufayli o‘zlariga e’tiborni jalb qilgan. Ularning yuzi juda g‘amgin, og‘iz chetlari esa pastga qaragan.

Shuningdek, ushbu qurbaqa boshqa qurbaqalardek vaqqillamaydi, balki baland ovozda chiyillaydi.

Kiritildi: 11:31 21.06.2020. O'qildi: 4420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!