Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Er yarashuv muddati tugamay ayolini uydan haydashi mumkinmi?

Er yarashuv muddati tugamay ayolini uydan haydashi mumkinmi?

— Erim ajrashish uchun sudga ariza bergan. Sud olti oy yarashuv muddati tayinlagan. Belgilangan muddatning endi ikki oyi o‘tdi. U esa ko‘chimni olib ketishimni talab qilyapti. Yarashuv muddati tugamagunicha narsalarimni olib ketmaslikka haqim bormi?

Dinara, Denov shahri

Murojaatga Fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Axror SULAYMONOVdan javob oldik:
— Ha, olib ketmaslikka haqingiz bor. Zero, agar mol-mulk borasida o‘rtangizda nizo bo‘lsa va buni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni imkoni bo‘lmasa, muammo sud yo‘li bilan hal etiladi. Ushbu holatda, nikohdan ajratish haqidagi masalaning sudda ko‘rilishiga, mol-mulkni olib chiqib ketishning aloqasi yo‘q. Chunki, mol-mulk nizosi alohida nizo hisoblanadi. Turmush o‘rtog‘ingiz esa mol-mulkingizni (ko‘chingizni) olib chiqishni sud orqali talab qilish huquqiga ega. Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lmagunicha mol-mulkingizni olib chiqib ketmaslik huquqiga egasiz. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, er (xotin)ning nikoh munosabatlaridan tashqari, ularning uyda yashash va uydan foydalanish kabi huquqlari ham mavjud bo‘lib, ular alohida tartibda hal qilinadi. Ya’ni, er (xotin) ajrashgan taqdirda ham yashab kelayotgan uy-joyidan foydalanish huquqi saqlanib qolishi mumkin. Yana shuni qayd etib o‘tish joizki, mol-mulklarning shikastlanishi va yo‘qolib qolishini oldini olish maqsadida, mahalla fuqarolari yig‘ini ko‘magida ularni xatlab, dalolatnoma rasmiylashtirib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kiritildi: 17:51 18.06.2021. O'qildi: 2802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!