Er va mol-mulk solig‘idan qarzdorlarga ham elektr uchun to‘lovlar cheklanishi mumkin. Bu haqda prezidentning soliq yig‘iluvchanligini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorida aytiladi.
Kelasi yil 1 yanvardan boshlab Namangan viloyatida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi bir million so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanish joriy etiladi.
2026 yil 1 oktyabrga qadar eksperiment natijalari asosida uni boshqa hududlarda joriy etish bo‘yicha takliflar hukumatga kiritiladi.
Markaziy bank har oyda jismoniy shaxslarning soliq qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvchilariga ilovaning asosiy sahifasida aks ettirib borilishi yuzasidan Soliq qo‘mitasiga amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ushbu qaror hali rasman kuchga kirmagan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda chiqindidan qarzdorlarni elektrga to‘lov qilishini cheklash amaliyoti mavjud.