So‘nggi yillarda Yer o‘z o‘qi atrofida odatdagidan tezroq aylana boshlagan. Olimlar 2025 yilda ayrim kunlar jahon tarixidagi eng qisqa kun sifatida qayd etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Er o‘z o‘qi atrofida odatda 24 soatda aylanadi, bu 86 400 soniyani tashkil etadi. Ammo mutaxassislar bu vaqt hamisha o‘zgarib turadigan ko‘rsatkich ekanini ta’kidlashadi. Ayniqsa, 2020 yildan boshlab Yer aylanishida tezlashuv kuzatilmoqda.
Olimlar 2025 yilning 5, 9 va 22 iyul hamda 5 avgust kunlaridan biri tarixdagi eng qisqa kun sifatida qayd etilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Bu borada Oyning Yerga nisbatan joylashuvi hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Erning kun uzunligi “LOD” (Length of Day) deb ataluvchi ko‘rsatkich orqali o‘lchanadi. Bu ma’lumotlar atom soatlari orqali yuqori aniqlikda qayd etiladi. Ayrim hollarda bu o‘zgarishlar bir necha millisoniya miqdorida bo‘ladi.
So‘nggi o‘n yilliklarda Yer aylanishi sekinlashishi qayd etilayotgan edi. Bu Oyning tortish kuchi, muzliklar ta’siri va suv oqimlari bilan bog‘liq holat edi. Ammo hozirgi paytdagi tezlashuv olimlarning savollarini ko‘paytirmoqda. Ayrim tahminlarga ko‘ra, zilzilalar, okean oqimlari va Yer yadrosidagi harakatlar bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu sabab, mutaxassislar «sakrash soniyasi»ni olib tashlash — ya’ni soatdan bir soniyani kamaytirish haqida o‘ylashmoqda. Bu vaqt tizimlarida texnik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Er aylanishidagi bunday o‘zgarishlar astronomiya, navigasiya va global vaqt tizimlariga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois 2025 yilning eng qisqa kunining aniq qaysi sanada bo‘lishi olimlar tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.