Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar olib bordi

Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar olib bordi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan muzokaralar olib bordi va u bilan boshqa masalalar qatori Turkiyaning pozisiyasi tufayli kechiktirilgan Shvesiyaning NATOga kirishini muhokama qildi.

Davlat departamenti matbuot xizmatining bildirishicha, Blinken Turkiyani Shvesiyaning NATOga tezroq kirishini ta’minlashga chaqirgan.

Bundan tashqari, Blinken va Fidan iqtisodiy munosabatlar va boshqa ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish zarurligini muhokama qildi.

Davlat kotibi Turkiyaning Rossiya bilan g‘alla bo‘yicha kelishuvni jonlantirish harakatlariga yuqori baho berdi.

Kiritildi: 16:17 23.09.2023. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!