Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Eng yaxshi turizm qishloqlari» nominasiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi

A A A
«Eng yaxshi turizm qishloqlari» nominasiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Samarqanda o‘tkazilayotgan UNWTO Bosh Assambleyasi doirasida «Eng yaxshi turizm qishloqlari» nominasiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Navoiy viloyatining Sentob qishlog‘i g‘olib deb topildi. U endi Markaziy Osiyodagi UNWTO ro‘yxatiga kirgan ikkita turizm qishlog‘idan biri hisoblanadi.

UNWTO har yili iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror rivojlanayotgan, shuningdek, mahalliy qadriyatlar va an’analarni saqlab qolib, targ‘ib qilib kelayotgan eng yaxshi qishloq turizm qishlog‘ini aniqlaydi.

— Qishlog‘imiz ahli azaldan chorvachilik, bog‘dorchilik, dehqonchilik bilan shug‘ullangan, — deydi “Sentob” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Murod Mirzayev. — Bugungi kunda turizm faoliyati ham qo‘shildi va qisqa davrda bu soha aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirish uchun katta imkoniyat ekani namoyon bo‘ldi. Hozirda qishlog‘imizdagi 2300 aholining aksariyati shu sohada yangi barpo etilayotgan oilaviy mehmon uylari va turizm xizmatlari ko‘rsatish tarmoqlarida ishlayapti. Hatto ishlash maqsadida xorijga ketgan migrantlarimiz ham yurtimizga qaytib ishlab topgan daromadiga oilaviy mehmon uyi yoki boshqa turdagi turizm xizmati ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘zi va oilasining bandligini ta’minlashga hissa qo‘shyapti. Qishlog‘imizning sayyohlik salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilishi bu yo‘nalishdagi ishlarimiz rivojiga turtki bo‘ladi. Bu imkoniyatdan unumli foydalanib, yurtimizning turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga o‘z ulushimizni qo‘shamiz.

Kiritildi: 15:22 19.10.2023. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!