Ana shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat o‘rganishlari olib borildi. Unda davlat xaridlari elektron tizimlarida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Nazorat tadbirida “O‘zsuvta’minot” AJ Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan eng yaxshi taklif savdosi o‘rganildi. Natijada Paxtaobod tumani, Hayotbaxsh mahallasida tashkil etilayotgan to‘qimachilik industrial zonasida ichimlik suv tizimini qurish ob’ektini loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 230 million so‘m bo‘lgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga rioya etilmaganligi aniqlandi va ushbu savdo bekor qilindi.
Shuningdek, Andijon viloyati Xonobod shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida tibbiyot birlashmasiga monoblok va printer sotib olish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 645 million so‘m bo‘lgan eng yaxshi taklif savdosi ham yuqoridagi qonunlarda belgilangan talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi uchun bekor qilindi.