Mol go‘shti narxi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning 127 davlati orasida 91-o‘rinni egalladi. Bu haqda Rost24 Telegram kanali xabar berdi.
Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 7 martda bir kilogramm mol go‘shti narxi 8,1 dollarni tashkil etgan. Masalan, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikistonda 7 dollardan sal ko‘proq.
Shveysariya, Islandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Lyuksemburg dunyodagi eng qimmat mol go‘shti bo‘lgan beshta davlat qatoriga kiradi. Ro‘yxatda yetakchilik qilgan Shveysariyada bir kilogramm go‘sht narxi 44,3 AQSh dollariga baholangan. Bundan tashqari, Islandiyada – 38,7, Janubiy Koreyada – 28, Norvegiyada – 26,8, Lyuksemburgda esa 1 kilogramm go‘shtni bor-yo‘g‘i 23,9 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.
Eng arzon go‘sht Keniya (4,97), Gana (4,78), Nigeriya (4,50), Uganda (12) va Pokistonda (4,04) sotiladi. Shubhasiz, bu bir oy oldingi statistik ma’lumotlar. Biroq, bu vaqtda raqamlar sezilarli darajada o‘zgarmagan bo‘lishi kerak.