Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Energetikadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

Energetikadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va nazoratni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda energetika sohasini modernizasiya qilish, iste’molchilar manfaatlarini himoyalash va hisob-kitob jarayonlarini shaffoflashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ammo bu jarayonda sohaga xos huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani aniqlandi.

Xususan, 2024 yilning o‘zida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan energiyani izsiz sarflash bilan bog‘liq 17,6 mingta hamda tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanish bo‘yicha 7,6 mingta holat qayd etilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu kabi holatlar uchun javobgarlik faqatgina mansabdor shaxslarga yuklatiladi, yakka tadbirkorlar esa qamrab olinmagan.

Yangi loyihaga ko‘ra, endilikda yakka tadbirkorlar ham ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgar hisoblanadi. Qonun bilan, shuningdek, elektr, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish va resurslarni o‘g‘irlash holatlariga nisbatan jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Qonun loyihasida nazorat funksiyalarini kengaytirish ham nazarda tutilgan. Xususan, «O‘zenergoinspeksiya»ga ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma tuzish vakolati aniq belgilanmoqda. Shu bilan birga, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga ham elektr energiyasidan iznsiz foydalanish holatlarida bayonnoma rasmiylashtirish huquqi berilmoqda.

Majlisda deputatlar loyihaning ahamiyatini qayd etar ekan, uning huquqbuzarliklarni oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash va resurslarni samarali boshqarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Kiritildi: 16:18 24.06.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!