Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Endi shifokorlar yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladi

A A A
Endi shifokorlar yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladi

Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi.

Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so‘ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o‘tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi.

Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo‘lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi.

Kiritildi: 14:35 04.09.2025. O'qildi: 2028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!