Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari nazorat qilinishi mumkin

Endi Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari nazorat qilinishi mumkin

Rossiyada shubhali operasiyalarni aniqlash uchun migrantlarning bank o‘tkazmalari ustidan nazorat o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasining iqtisodiyot sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi vakili Andrey Baukinga tayanib TASS xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu taklif mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

“Bizda hozir bemalol plastik karta bilan kelib, hisob raqamini ochish va pullarni yechib olish mumkin. Banklarda bunday ma’lumot (migrantlar haqidagi ma’lumotlarni) olish imkoniyati yo‘q. Bu mablag‘larni kim olib chiqib ketayotganini tushunishimiz uchun bunday ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish juda muhimdir, chunki u yerga ba’zan bir avtobus migrantlar olib kelinadi”, degan Bosh prokuratura vakili.

2025 yilning boshlarida Rossiyada migrantlar pul o‘tkazmalari uchun boj joriy etish taklif qilingandi.

“Migrantlarning pul o‘tkazmalariga davlat bojini joriy etish lozim... Agar 3 foizlik boj joriy etilsa, g‘azna faqatgina ikki mamlakatga — Qirg‘iziston va O‘zbekistonga — o‘tkazmalardan 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ oladi. Nahotki bizga shunday pul kerak bo‘lmasa?! Qonunchilik tashabbusini tayyorlab, Davlat Dumasiga kiritamiz”, degan edi “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov.

U 2024 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadagi Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘z vataniga 14 milliard dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazganini aytgandi.

Markaziy Osiyoda mehnat migrasiyasi millionlab fuqarolar uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2024 yil holatiga ko‘ra, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari Tojikiston yalpi ichki mahsulotining 45 foizini tashkil etdi. Bu nisbiy ma’noda dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Qirg‘izistonda pul o‘tkazmalarining YAIMdagi ulushi 24 foizga, O‘zbekistonda esa 14 foizga yetgan.

Kiritildi: 11:07 20.04.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!