Endi Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlar sudlanadi.
Endilikda nikohga majburlash jarima, axloq tuzatish ishlari, erkinlikni cheklash va 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
“Agar bu qilmish voyaga yetmagan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash, bir guruh shaxslar tomonidan yoki xizmat mavqeidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa, ozodlikdan mahrum qilish muddati 3 yildan 7 yilgacha oshiriladi”, — deyiladi majilis bayonotida.
Agar jinoyat og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, gumonlanuvchi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.