Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Endi Qozog‘istonda haydovchilik guvohnomasini olib yurmaganlar jarima to‘lamaydi

Avto / Xorij A A A
Endi Qozog‘istonda haydovchilik guvohnomasini olib yurmaganlar jarima to‘lamaydi

Qozog‘iston Qonunchilik palatasi haydovchilik guvohnomasi va transport vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlari yo‘qligi uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilinishi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deya xabar berdi Tengrinews.

O‘z navbatida, avtomobil haydash uchun haydovchilik guvohnomasi olingan bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lganda, ushbu hujjatlar ichki ishlar ma’lumotlar bazasida tekshiriladi (haydovchining yonida shaxsini tasdiqlovchi qandaydir hujjat bo‘lishi kerak).

Yangi tartib avtomobilni boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar uchun taalluqli emas.

Ta’kidlanishicha, bunday qonunni qabul qilishga ko‘rsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilayotganlar sonining oshib borishi sabab bo‘ldi. Masalan, joriy yilning o‘n oyida mamlakatda 150 ming haydovchi boshqa avtotransport vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlar yonida yo‘qligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Kiritildi: 16:22 03.12.2020. O'qildi: 2220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!