Farg‘onadagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat byudjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratilishini ma’lum qilgan Shavkat Mirziyoyev tibbiyotda yangicha tartib yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida Farg‘onada vodiyda yagona Bolalar kardioxirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operasiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yilishini, bu borada barcha davolash amaliyotlari byudjet hisobidan amalga oshirilishini ma’lum qilgan.