2027 yil 1 yanvardan pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarga "Mening pensiyam" onlayn xizmati orqali xabarnoma yuboriladi.
Shuningdek, pensiya tayinlashga oid ayrim xizmatlar fuqarolarning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda amalga oshiriladi:
🔸2026 yil 1 noyabrdan — ayrim hollarda ishsiz fuqarolarga yoshga doir pensiya muddatidan oldin tayinlanadi;
🔸2027 yil 1 yanvardan — boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.