Saudiya Arabistoni 2026-yil yanvar oyidan boshlab o‘z ko‘chmas mulk bozorini chet ellik xaridorlar uchun ochadi. Bunga ko‘ra, saudiyalik bo‘lmaganlar uy-joy, tijoriy mulk, yer uchastkalari, fermer xo‘jaliklari va sanoat hududlarini sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Chet elliklar hatto Makka va Madinadan ham mulk sotib olishi mumkin, biroq bu ikki shahar uchun ular musulmon bo‘lishi shart.