Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi kollej va texnikumlarga bir yilda ikki marta o‘quvchi qabul qilinadi

A A A
Endi kollej va texnikumlarga bir yilda ikki marta o‘quvchi qabul qilinadi

O‘zbekistonda ta’lim jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

2023 yilda O‘zbekistonda yoshlarni professional ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish ko‘lamini kengaytirib, ta’lim jozibadorligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasida belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tizimi takomillashtiriladi.

Bunda:

- kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilish bir yilda ikki marta tashkil etiladi;

- texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushi 50 foizga yetkaziladi;

- xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Chora-tadbirlar 2023 yil avgustgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar topshiriq ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan.

Davlat dasturi taklif bildirish uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Unga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Kiritildi: 22:49 10.02.2023. O'qildi: 2653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!