Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’ektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵 Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
🔵 To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi.
🔵 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35%ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
“Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikasiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi.
Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.