Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

«Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi.

Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari (57 750 000 so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Rejissyor — dramaturg — kompozitor — rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025 yildan har yili avgust oyida «Nigoh» ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili «Eng yaxshi tarjima sahna asarlari» tanlovi joriy etiladi. 2025 yildan:

  • har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha «Eng yaxshi pyesalar» tanlovi tashkil etiladi;
  • O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi «Teatr — ibratxonadir» dasturi amalga oshiriladi.

Bunda «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda «Teatr kuni» tadbirlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga «Akademik» maqomi beriladi. 2026 yil yakunigacha O‘zbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.

2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida O‘zbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.

Kiritildi: 11:10 05.12.2024. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!