AQSh universitetlaridan birida dunyodagi birinchi "Baxt" fakulteti ochildi.
Buni "Biz butun dunyo bo‘ylab tashvish, tushkunlik, yolg‘izlik va umumiy norozilik kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Ushbu global ruhiy salomatlik inqirozi sharoitida baxtni o‘rganish zaruratdir", deb izohlashdi.
O‘qitish onlayn formatda 4 yil davom etadi. Talabalar neyrobiologiya, psixologiya, din, falsafa, adabiyot kabi fanlarini o‘rganadilar.
Bitiruvchilar salomatlik bo‘yicha mutaxassislar, siyosiy maslahatchilar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ruhiy salomatlik himoyachilari sifatida xizmat qilishlari mumkin.
Fakultetga avvaliga 25 kishini qabul qilinadi, keyinroq 100 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.