Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

"Endi barchasini to‘g‘rilash vaqti keldi"

"Endi barchasini to‘g‘rilash vaqti keldi"

Men o‘z jamoam bilan prezident Trampning kuchli rahbarligi ostida barqaror tinchlikka erishish uchun hamkorlikda ishlashga tayyorman, dedi Ukraina prezidenti.

Vladimir Zelenskiy AQSh rahbari bilan Oq uyda yuz bergan bahsdan sababli Vashington Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatganidan keyin, X ijtimoiy tarmog‘ida o‘z bayonotini e’lon qildi.

Ukraina prezidenti bayonotida Rossiya bilan tinchlikka erishish yo‘lidagi dastlabki qadamlarni sanab o‘tdi:

"Birinchi bosqichda asirlarni ozod qilish va havo hududi orqali o‘t ochishni to‘xtatishga erishish mumkin. Bu uzoq masofaga uchuvchi raketa va dronlarni qo‘llashni taqiqlash, energetika va boshqa fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishni o‘z ichiga oladi. Agar Rossiya ham bunga amal qilsa, darhol dengizdagi sulh ham amalga oshirilishi kerak," — deb yozdi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti shuningdek, AQSh bilan yakuniy kelishuvga erishish uchun barcha keyingi qadamlarni tezda bosib o‘tishni istashini ta’kidladi.

"Men Qo‘shma Shtatlar bilan foydali qazilmalar va xavfsizlik bo‘yicha kelishuvni istalgan vaqtda va istalgan shaklda imzolashga tayyorman. Bu kelishuvni katta xavfsizlik kafolatlari sari muhim qadam sifatida ko‘raman va u samarali ishlashiga chin dildan umid qilaman", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Shuningdek, u Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuvi kutilganidek o‘tmaganini afsus bilan qayd etdi.

"Endi barchasini to‘g‘rilash vaqti keldi. Biz kelajakdagi hamkorlik va muloqot konstruktiv bo‘lishini istaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti shuningdek, AQSh tomonidan yetkazib berilgan Javelin raketa majmualari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Donald Tramp aynan uning prezidentligi davrida Ukrainaga ushbu turdagi qurollar yetkazib berilgani va ular urushning dastlabki bosqichida Rossiya tanklarini to‘xtatishga yordam berganini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 10:05 05.03.2025. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!