Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

A A A
Endi avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida «Notarial harakatni rasmiylashtirish»ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

✅sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;

✅sotuvchi sotib oluvchining JSHSHIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;

✅sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikasiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi;

✅avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;

✅notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;

✅belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

✅bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Kiritildi: 13:54 27.02.2024. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!