Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Emomali Rahmon internetdagi "layk"lar uchun jinoiy javobgarlikka tortmaslikni buyurdi

Emomali Rahmon internetdagi "layk"lar uchun jinoiy javobgarlikka tortmaslikni buyurdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon internetdagi layklar uchun asossiz jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganini tanqid qilib, huquqni muhofaza qilish organlarini “bu amaliyotga chek qo‘yishga” chaqirgan.

Co‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar va videoyozuvlar dalil sifatida tan olinayotgani tufayli, ayrim fuqarolar qoldirgan layklar ularning ta’qib qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Ya’ni ba’zi idoralar ularga qarshi asossiz jinoiy ishlar qo‘zg‘atmoqda va bu holatga chek qo‘yish zarur, dedi Tojikiston prezidenti.

Prezidentga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari diniy yoki muxolifat arboblarining internetdagi postlarini tomosha qilgani, layk qo‘ygani yoki izoh qoldirgani uchun turli muddatlarga qamoqqa tashlanmoqda.

2024 yilning 15 avgust kuni Xo‘jand sudi 46 yoshli fuqaro Jamshid Aminovni diniy videolar, xususan, asosan rus tilidagi arab shayxlarining va’zlari ostiga layk qoldirgani uchun 5 yil ozodlikdan mahrum qilgan.

Emomali Raxmonning bu harakati O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari uchun ham yaxshi "signal" desa bo‘ladi. O‘zbekistonda ham 2023 yili navoiylik keksa ayolga besh yil oldin, ya’ni 2018 yili "Odnoklassniki" tarmog‘ida ta’qiqlangan diniy ma’ruzaga "layk" bosgani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi berilgandi.

Kiritildi: Bugun 12:44. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!