Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

“Emmi-2020” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi: G‘oliblar bilan tanishing

A A A
 “Emmi-2020” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi: G‘oliblar bilan tanishing

Los-Anjelesda 72-chi “Emmi-2020” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali kecha “ABC” telekanali tomonidan namoyish etildi.

Unda "Avlodlar" seriali AQSh televideniye akademiyasi tomonidan eng yaxshi dramatik serial deb topildi.

Drama turkumidagi eng yaxshi aktyor va aktrisa uchun mukofotlar Jeremi Strong (“Avlodlar”) va Zendaya («Eyforiya»)ga nasib etdi. Billi Krudap (Tonggi shousi) va Juliya Garner («Ozark») esa drama turkumidagi ikkinchi darajali rollari uchun “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

«Shitts Krik» va "Qo‘riqchilar" seriallari "Eng yaxshi komedik serial" va "Eng yaxshi qisqa serial" nominasiyalarida g‘olib bo‘lishdi.

Eng yaxshi komedik seriallar aktyor va aktrisasi uchun "Emmi" mukofotiga "Shitts Krik" filmidagi aktyorlar Ketrin O’Xara va Yudjin Levi sazovor bo‘lishdi. Ikkinchi darajali rollar uchun mukofotlarni xuddi shu serialdagi Deniyel Levi hamda Enni Merfi qo‘lga kiritishdi.

Deniyel Levi, shuningdek, “Eng yaxshi komedik serial ssenariysi” nominasiyasida ham g‘alabani qo‘lga kiritdi.

 

 

Kiritildi: 22:24 21.09.2020. O'qildi: 2813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!