Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Isroilga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan embargoga qarshi chiqdi.
Bu haqda vazirlik rahbari Ispaniyaga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Hech kim, jumladan, Germaniya ham hozirgi vaziyat Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari uchun maqbul ekani va u bilan bundan keyin ham murosa qilish mumkinligini aytmayapti," - dedi Vadeful.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi tahdidlar fonida Isroil xavfsizligini ta’minlash GFR uchun davlat siyosatining asosi bo‘lib qolmoqda.
"Bu, o‘z-o‘zidan ravshanki, kelajakda Isroilga qurol yetkazib berishga tayyorlikni ham o‘z ichiga oladi," - dedi u.