Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Elton Jon hayotini saqlab qolgan rus hamshirasi haqida aytib berdi

Elton Jon hayotini saqlab qolgan rus hamshirasi haqida aytib berdi

Britaniyalik mashhur musiqachi Elton Jon og‘ir ahvolda shifoxonaga tushib qolganida uning venasini topish qiyin bo‘lganini va bunga rus hamshirasi yordam bergani haqida aytib berdi, Daily Mail xabariga asosan.

2017 yilda, saraton o‘simtasini olib tashlash operasiyasidan 10 kun o‘tib musiqachi tanasiga xavfli infeksiya tushib qolgani ma’lum bo‘ladi. Bundan juda kech xabar topishgani tufayli uni eng so‘nggi damda shifoxonaga olib kelishadi.

“Esimda qolgan narsalar – giperventilyasiya (juda tez nafar olish) va shifokorlar menga ukol qilish uchun venamni topa olishmagani. Mening qo‘llarim mushakdor va venamni topish har doim qiyin bo‘lgan, ustiga-ustak o‘zim ham ignani juda yomon ko‘raman. Oxiri ular menga tinchlantiruvchi dori berishdi va gavdasi yadro otuvchi sportchiga o‘xshash rus hamshirasini olib kelishdi. O‘shanda men endi o‘lsam kerak deb o‘ylagandim, lekin omadim kelgan ekan, - deb eslaydi xonanda.

Musiqa olamida nufuzli jurnal bo‘lgan Rolling Stone fikriga ko‘ra, Elton Jon - eng buyuk xonandalar reytingida 49 o‘rinni egallaydi. Britaniyalik qo‘shiqchining 50 yillik karyerasi davomida 300 millionta plastinkasi sotilgan.


 

Kiritildi: 06:21 07.10.2019. O'qildi: 2367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!