Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Elizaveta II pandemiya boshlanganidan buyon ilk marotaba qarorgohdan tashqaridagi tadbirda ishtirok etdi

Elizaveta II pandemiya boshlanganidan buyon ilk marotaba qarorgohdan tashqaridagi tadbirda ishtirok etdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon ilk marotaba tadbirda ishtirok etish uchun Vindzor qasridagi qarorgohini tark etdi.

Sky News telekanalining xabar berishicha, Hazrati Oliyalari nabirasi, shahzoda Uilyam hamrohligida yangi energiya tahlil markazini ochish uchun Solsberi yaqinidagi Porton-Daun laboratoriyasiga tashrif buyurgan.

Tadbir doirasida Qirol oilasi a’zolari Buyuk Britaniyani terrorizm va jinoyatchilikdan himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, shuningdek, COVID-19ni o‘rganayotgan hamda sog‘liqni saqlash tizimiga aholida virus borligini aniqlash bo‘yicha test-sinovlari darajasini oshirishda yordam berayotgan olimlar bilan uchrashishgan.

Eslatib o‘tamiz, Yelizaveta II xavfsizlik masalasi tufayli shu yilning mart oyida turmush o‘rtog‘i - 99 yoshli shahzoda Filipp bilan birgalikda Londonda joylashgan Bukingem saroyidan Vindzorga ko‘chib o‘tgan.

Zero, ta’kidlanishicha, Bukingem saroyida 500 ga yaqin, Londonning markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan Vindzor qasrida esa 100 ga yaqin kishi ishlaydi, bu esa COVID-19ni yuqtirib ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

 

 

Kiritildi: 20:12 17.10.2020. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!