Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Elena Zelenskaya TIME jurnalining eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kirdi

Elena Zelenskaya TIME jurnalining eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kirdi

Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Amerikaning TIME jurnali tomonidan 2023 yilda sayyoramizning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritildi. «Etakchilar» nominasiyasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi bilan birga Nobel mukofoti sovrindori, huquq himoyachisi Aleksandra Matviychuk ham bor.

TIME jurnalining ushbu nominasiyasida AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Rossiyada hibsga olingan WSJ jurnalisti Evan Gershkovich, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va boshqalar bor.

TIME jurnalining eng nufuzli 100 kishi reytingi «San’atkorlar», «Kumirlar», «Pionerlar», «Titanlar», «Innovatorlar» va «Etakchilar» toifalaridan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganida prezident Vladimir Zelenskiy yilning eng nufuzli shaxsiga aylangandi.

Kiritildi: 22:24 13.04.2023. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!