Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

“Elektron resept” tizimi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘liq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilinadi

“Elektron resept” tizimi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘liq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilinadi

Mamlakatimizda har yili 600-700 million dollar mablag‘ samaradorligi isbotlanmagan va o‘rganilmagan dorilarga sarflanmoqda. Bunday dorilarning importdagi ulushi 42 foiz.

Rivojlangan davlatlar dalillarga asoslangan tibbiyotga tayanib, keng miqyosda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar orqali samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan dorilardan foydalanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga xalqaro tan olingan manbalarda “samarasiz yoki samarasi o‘rganilmagan” deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan chiqarishni boshlash topshirildi.

Barcha tibbiyot muassasalari, birinchi galda bolalar shifoxonalarida antibiotiklarni asosli qo‘llash bo‘yicha kompleks reviziya o‘tkaziladi va protokollarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan chora ko‘riladi.

Bosh prokuraturaga reseptli dorilarni noqonuniy sotganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash topshirildi.

“Elektron resept” tizimini Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘liq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilish vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: 15:53 07.05.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!