Elektr va gaz tariflari oshirilishi 1 maygacha kechiktirildi.
Aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumatga elektr energiyasi va gaz tariflarining oshirilishini bir oyga kechiktirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yangi tariflar 1 apreldan emas, 1 maydan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz , 1 apreldan boshlab elektr energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) yana 33,3 foizga — 450 so‘mdan 600 so‘mga, gaz uchun esa 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha (+53,8 foiz) oshirish ko‘zda tutilgan.