Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlarga milliard so‘mlik zarar hisoblandi

Elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlarga milliard so‘mlik zarar hisoblandi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasining 1-konturida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Peshqo‘r tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida 168 dona zog‘ora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas balig‘ini ovlaganlik holati aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga jami 3 532 500 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:26 26.06.2025. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!