Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan respublika iste’molchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi sifatini talab darajasiga keltirish maqsadida tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, reaktiv quvvatni kompensasiya qilinmasligi natijasida elektr tarmoqlaridan reaktiv quvvat o‘tishi qo‘shimcha yo‘qotishlar paydo bo‘lishi, kuchlanish va chastotaning pasayishiga olib keladi.
Iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish hamda quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarda energiya resurslarini oqilona foydalanish yuzasidan joriy yilda «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan 18 mingdan ziyod berilgan ko‘rsatmalarga asosan 674,1 ming kVar quvvatga ega bo‘lgan reaktiv quvvat kompensasiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlandi.
✅ Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuniga qadar 264 mln 638 ming kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishiladi hamda iste’molchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi.