Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Elektr energiyasini hisobga olish tartibi belgilandi

 Elektr energiyasini hisobga olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (749-son, 27.11.2025 y.) bilan “Elektr energiyasini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash va iste’mol qilish jarayonlarida hisobga olish tizimiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

✅ Hisobga olish tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

🔹 aktiv va reaktiv energiya miqdorini hisobga oladigan hisoblagich va unga qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan impulsni qayd etish moslamasi, vaqt manbai va batareyasi;

🔹 aniqlik sinfi va yuklamasini hisoblash aniqligiga mos bo‘lgan o‘lchov transformatorlari;

🔹 ikkilamchi zanjirlar, ulash simlari, sinov bloki yoki o‘chirib-yoqish qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagich shkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflari.

🖇 Elektr energetikasi ob’ektlarini loyihalashtirish jarayonida hisobga olish tizimining umumiy nisbiy xatoligi baholanishi va uni minimallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.

📝 Shuningdek, har bir hisobga olish nuqtasi bo‘yicha avtomatik tarzda ma’lumotlar jurnalini yuritish majburiy hisoblanadi.

⏳ Ushbu jurnallar kamida 5 yil muddatda saqlanishi va axborot xavfsizligi talablariga mos ravishda arxivlanishi lozim.

Kiritildi: Bugun 16:54. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!